πŸ‡ΊπŸ‡Ώ O'zbek tili uchun 0–4-sinf uchun πŸ”Š AI ovozli ustoz

Bolangiz o'qishni AI ustoz bilan o'rganadi

Alifbodan boshlab: harflar, bo'g'inlar, o'qish matnlari va imlo o'yinlari β€” maktabdagi Β«Ona tili va o'qish savodxonligiΒ» darsi mavzulariga uyg'un. AI ustoz har bir harf va so'zni jonli ovozda o'qib beradi, xatolarni aniqlaydi, ota-ona va o'qituvchiga tushunarli hisobot beradi.

πŸ“š 81 dars Β· 🎯 368 interaktiv mashq Β· ro'yxatdan o'tish 1 daqiqa

B
🐟baliq 🍌banan πŸͺ“bolta
πŸ”Š be harfi. Baliq, banan, bolta.
⭐⭐⭐ Barakalla!
πŸ”₯ 5 kunlik seriya

Nega bu muhim? PISA 2022 (O'zbekiston birinchi marta qatnashdi):

336o'qish savodxonligi baliOECD o'rtachasi: 476
14%o'quvchi 2-darajaga yetdiOECD'da: 74%
β‰ˆ2,8 mlnboshlang'ich sinf o'quvchisihar yili ~726 ming birinchi sinfga boradi
30+bola bitta sinfdao'qituvchi har biriga yetib ulgurmaydi

Qanday ishlaydi?

Bola mustaqil shug'ullanadi β€” kattalar natijani ko'radi.

1

Tinglaydi

AI ustoz harf, bo'g'in, so'z va matnlarni jonli o'zbek ovozida o'qib beradi. Bola eshitib, to'g'ri talaffuz bilan tanishadi.

2

O'ynab o'rganadi

Har dars β€” o'yin: bo'g'in yig'ish, tushirilgan harf, Β«tez o'qiΒ», eshitib yozish. Yulduzlar, seriyalar va konfetti β€” motivatsiya tushmaydi.

3

AI tahlil qiladi

Har javob tahlil qilinadi: qaysi harf, qaysi imlo qoidasi qiyin β€” o'qituvchi paneli va ota-ona hisobotida aniq ko'rinadi.

Platforma modullari

πŸ”€

Alifbo

29 harf + tutuq belgisi: tovushlar, misol so'zlar, mini-mashqlar.

🧩

Bo'g'inlab o'qish

So'zlarni bo'g'inlardan yig'ish β€” o'qishning kaliti. Bo'g'inlash avtomatik.

πŸ“–

O'qish matnlari

Darslik mavzulariga uyg'un original matnlar + tushunish savollari.

🎯

Imlo o'yinlari

x/h, o'/g', tutuq belgisi, unli tushishi, bosh harf β€” o'ynab mustahkamlanadi.

🎧

Eshitib yozish

AI aytadi β€” bola yozadi. Kelajakdagi diktant tekshiruvga birinchi qadam.

⚑

Tez o'qish

1 daqiqada nechta so'z? Darajama-daraja so'z zinapoyasi bilan mashq.

Yangi: πŸŽ’ 0-sinf β€” maktabga tayyorlov darslari Tez kunda: 🎀 ovozli o'qishni AI baholashi Tez kunda: πŸ“ qo'lyozma diktantni tekshirish

O'qituvchi va maktablar uchun 🍎

Sinf yarating, o'quvchilarni qo'shing β€” har bolaning progressi, yulduzlari va xato-diagnostikasi (qaysi harf/qoida qiyinligi) avtomatik panelda. Bola maxfiyligi: faqat ism + bosh harf, parolsiz profillar.

Maktab uchun boshlash Demo hisob bilan ko'rish

Yo'l xaritasi

2026
MVP + pilot: interaktiv savodxonlik platformasi, 2 maktabda sinov, jonli AI ovoz dvigateli.
2027
Ovozli o'qish baholash: bola ovoz chiqarib o'qiydi β€” AI ravonlikni o'lchaydi (bolalar nutqi datasetini rozilik bilan yig'amiz); adaptiv o'quv traektoriyasi.
2028
Diktant va husnixat: qo'lyozma ishlarni AI tekshiruvi; davlat tilida ish yuritish to'liq kursi; milliy savodxonlik paneli.

Farzandingizning savodxonligi β€” bugundan

Bepul demo darslar bilan hoziroq boshlang.

🎈 Demo darslarni ochish