Lug'atlar 📚

Imlo lug'ati — 35312 so'z · O'zlashma so'zlar izohli lug'ati — 10994 so'z (ma'nosi, urg'usi, kelib chiqishi)

10994 ta natija

aborigén аборигéн ot lotin

tub aholi, aborigenlarga mansub

abórt абóрт ot lotin

bolani muddatdan oldin tushirish

abortív аборти́в sifat lotin

og'riqni qoldiradigan

ábr áбр ot fors

bulut

abrazív абрази́в fe'l lotin

silliqlash, tarashlash, qirish

abrbánd абрбáнд ot fors

bog'lam, tugun, atlas, shoyi tandasiga maxsus usulda gul (naqsh) solish

abrishím абриши́м ot fors

ipak, ipak gazlama, shoyi; shu gazlamadan tikilgan kiyim

abró' абрў́ ot fors

qosh

abro'kamón абрўкамóн sifat fors

qoshi qalam, qayrilma qosh, qoshlari kamon singari qayrilgan

absenteízm абсентеи́зм ot lotin

saylovchilarning davlat organlariga bo'ladigan saylovga qatnashishdan ommaviy ravishda bosh tortishi

absolyút абсолю́т ot lotin

mutlaq, qat'iy

absórbsiya абсóрбция ot lotin

eritma yoki gazlar aralashmasidagi moddalarning qattiq jism yoki suyuklikka yutilishi; yorug'likning modda orqali o'tayotganda yug'ilishi

absséss абсцéсс ot lotin

yiringli yara, chipqon

abstrákt абстрáкт sifat lotin

mavhum, aniq bo'lmagan

absúrd абсу́рд ot fransuz<lotin

XIX asrning ikkinchi yarmida rus tiliga o'zlashgan; bemaʼni, tuturiqsiz gap yoki ish; bemaʼnilik ma'nolarini anglatadi.

abú абу́ ot arab

arablarda va boshqa ba'zi musulmon xalqlarda kunyalarning tarkibiy qismi bo'lib, “otasi” degan ma'noni bildiradi

abyót абё́т ot arab

bayt, baytlar

abzál абзáл ot fors

ot-ulovni minish yoki aravaga qo'shish uchun zarur bo'ladigan asboblar majmui

abzás абзáц ot nemis

xatboshi, satrboshi, matnning bir xatboshidan keyingi xatboshigacha bo'lgan qismi

adáb адáб ot arab

yaxshi axloq, tarbiya, xushmuomalalik

adabadúlabád адабаду́лабáд ravish arab

abadiy sur'atda, butun hayot davomida, doimo

adabiyót адабиё́т ot arab

muayyan bir fan yoki sohaga, masalaga oid asarlar, kitoblar

adabiyotshunós адабиётшунóс ot arab+fors

badiiy adabiyot, adabiyot fani mutaxassisi, o'qituvchisi

adád адáд ot arab

hisob, miqdor, son

adám адáм ot arab

yo'qlik, mavjud emaslik

adaptátsiya адаптáция ot lotin

organizmning, sezgi a'zolarining atrof muhit sharoitlariga moslashishi, ko'nikishi

adápter ада́птер ot ingliz

AKT. Ikki yoki undan ortiq mos kelmaydigan tarmoq obyektlariga birgalikda ishlash va axborot ayirboshlash imkonini beradigan interfeys qurilma.

addoíy аддои́й ot arab

da'vat etuvchi, duo qiluvchi, yaxshilik tilovchi

adekvát адеквáт sifat lotin

bilish nazariyasida narsa va hodisalarning xossalari va aloqalarini ularning obyektiv mazmuniga to'g'ri keladigan, aniq va mos qilib bilib olish

adenóidlar аденóидлар ot yunon

burun-halqum murtagining ortiqcha o'sib kattalashishi

Bosh so'zdagi aksent belgisi (masalan, a'ló) urg'uli bo'g'inni ko'rsatadi.

← Oldingi Keyingi → 2-sahifa