Lug'atlar 📚

Imlo lug'ati — 35312 so'z · O'zlashma so'zlar izohli lug'ati — 10994 so'z (ma'nosi, urg'usi, kelib chiqishi)

10994 ta natija

a'lám I аълáм I ot arab

eng bilag'on, eng dono, shariat qonun-qoidalari yuzasidan berilgan fatvoni tasdiq yoki rad etuvchi diniy arbob; bosh mufti

a'ló аълó sifat arab

eng yaxshi, eng yuqori, sifati, fazilati va sh.k. jihatidan eng yuqori; asil

a'mó аъмó sifat arab

ko'zi ojiz, ko'r

a'mól аъмóл ot arab

amallar, ishlar, qilingan yoki qilinadigan ish(lar); amal

a'róf аърóф ot arab

arosat, o'rtalik, Qur'onda ta'riflangan jannat bilan do'zax orasidagi joy

a'yón аъё́н ot arab

ulug'lar, taniqli kishilar, eng yuqori qatlamga mansub, hukmdorga yaqin turgan, baland martabali kishilar; amaldorlar

a'zám аъзáм sifat arab

eng buyuk, eng ulug'

a'zó аъзó ot arab

uzvlar, qismlar, odam yoki hayvon organizmining muayyan bir vazifani bajaruvchi qismi

abád абáд ot arab

abadiy sur'atda, doimo

abadíy абади́й sifat arab

vaqt e'tibori bilan oxiri yo'q; mangu, doimiy

abadiyá абадия́ sifat arab

abadiy baxtlilik, mangu baxt-saodat

abadiyán абадия́н ravish arab

abadiy sur'atda

abajúr абажу́р ot fransuz

qimmatbaho metall

abás абáс sifat arab

foydasiz, behuda, natijasiz, bekor

abbát аббáт ot lotin

erkaklar katolik monastirining boshlig'i, ruhoniy

abbosiylár аббосийлáр ot arab

tarixdagi sulola

abbreviátsiya аббревиа́ция ot lotin

tlsh. So'zlarni qisqartirish usuli; biol. organlar yoki ular qismlarining individual rivojlanishini qisqartirish

abbreviatúra аббревиату́ра ot italyan<lotin

tlsh. Qisqartma so'zlar

abdól абдóл ot arab

avliyo, xudoga yaqin

abdolvásh абдолвáш sifat fors

avliyo tabiatli, qalandarsifat

aberrátsiya аберрáция ot lotin

ma'lum bir navga mansub hayvonlar organizmida paydo bo'ladigan o'zgalik, o'zgarish, normadan chetlashish

abgór абгóр sifat fors

nochor holatli, ahvoli xarob

abituriént абитуриéнт ot lotin

oliy yoki o'rta maxsus o'quv yurtiga kirish uchun da'vogar

abjád абжáд ot arab

arab alifbosini o'rganish tartibi

abláh аблáҳ sifat arab

xulq-atvori tuban, yaramas axloqli

abláq аблáқ sifat arab

chipor, chavkar (ot tusi haqida)

abó абó ot arab

choponga o'xshash uzun jun kiyim

abolítsiya аболи́ция ot lotin

qonun yoki qarorning bekor qilinishi

abonemént абонемéнт ot fransuz

biror narsadan (mas. telefon, teatrdagi o'rin, avtotransport va sh.k.dan) ma'lum muddatga foydalanish huquqi va shu huquqni tasdiqlovchi hujjat

abonént абонéнт ot fransuz

yozilmoq, obuna bo'lmoq, abonementga ega bo'lgan shaxs yoki tashkilot

Bosh so'zdagi aksent belgisi (masalan, a'ló) urg'uli bo'g'inni ko'rsatadi.

Keyingi → 1-sahifa