Lug'atlar 📚

Imlo lug'ati — 35312 so'z · O'zlashma so'zlar izohli lug'ati — 10994 so'z (ma'nosi, urg'usi, kelib chiqishi)

10994 ta natija

adenóma аденóма ot yunon

bir qator bez to'qimalaridagi xavfsiz o'sma kasalligi

adíb ади́б ot arab

adabiy asarlar yozish bilan shug'ullanuvchi shaxs, yozuvchi

adíl ади́л sifat arab

to'g'ri, egilmagan, bukilmagan, tikka

adinamíya адинами́я ot yunon

keksalik, kasallik, ochlik sababli tinka-mador qurishi, holsizlik

ádl áдл ot arab

adolat, to'g'rilik, odillik

administrátsiya администрáция ot lotin

ma'muriyat, rahbariyat

admirál адмирáл ot golland

dengiz qo'mondoni

adnó аднó sifat arab

past, quyi, uchinchi darajali

adó адó ot arab

ish-harakat, voqea-hodisaning oxiri, tamomi, ijrosi

adolát адолáт ot arab

odilona ish tutish, odillik

adovát адовáт ot arab

dushmanlik munosabati, shunday munosabatga xos his-tuyg'u

adrás адрáс ot fors

o'rishi ipak, arqog'i esa ipdan bo'lgan, atlasga o'xshash, ammo qalinroq mahalliy gazlama

ádres áдрес ot fransuz

biror kishi yoki tashkilot o'rnashgan joy, manzilning nomi va b. belgilari (uy yoki kvartira raqami va h.k.) majmui, uning qaydi

adresánt адресáнт ot nemis

pochta orqali telegramma, xat va sh.k. yuboruvchi shaxs yoki tashkilot

adresát адресáт ot nemis

adresiga xat, telegramma va sh.k. yuboriluvchi kishi yoki tashkilot

adsórbsiya адсóрбция ot lotin

gaz yoki eritilgan modsa zarralarining qattiq modsa sirtiga singishi, shimilishi

adúv аду́в ot arab

yov, dushman

adverbializátsiya адвербиализа́ция ot lotin

tlsh. Ravishlashish

advokát адвокáт ot lotin

sudda javobgarga huquqiy yordam (maslahat) beruvchi, javobgar (aybdor)ni himoya qiluvchi yurist; oqlovchi, himoyachi

adyektivátsiya адъектива́ция ot lotin

tlsh. Sifatlashish

adyól адё́л ot rus

ko'rpa o'rnida ishlatiladigan, yengil, uncha qalin bo'lmagan yopinchiq

adyúnk адъю́нк ot lotin

harbiy ilmiy-tadqiqot institutlarida yoki oliy o'quv yurtlarida nomzodlik dissertatsiyasi ustida ilmiy tadqiqot olib borayotgan oliy ma'lumotli yoki magistr darajasidagi mutaxassis

adyutánt адъютáнт ot lotin

xizmat topshiriklari yoki shtab ishlarini bajarish uchun harbiy boshliq ixtiyorida bo'lgan yordamchi ofitser

aero аэро termin element yunon

o'zlashma qo'shma so'zlar tarkibidagi so'z yasovchi termen element, “aviatsiya”, “havo” so'zlariga aloqadorlikni bildiradi

aeróbika аэрóбика ot yunon

ritmik gimnastika

aerodinámika аэродинáмика ot yunon

havo va gazlarning harakatini hamda ularning qattiq jismlar harakatiga ko'rsatadigan ta'sirini o'rganadigan fan

aerodróm аэродрóм ot yunon

uchish apparatlarining turishi, uchib ketishi, qo'nishi uchun kerakli barcha inshootlari bo'lgan keng maydon

aeroklúb аэроклу́б ot yunon+ingliz

aviatsiya havaskorlarining klubi, aviatsiya bilan shug'ullanuvchilarning ommaviy tashkiloti

aeromexánika аэромехáника ot yunon

mexanikaning gazlar muvozanati va harakatini o'rganadigan bo'limi

aeronavigátsiya аэронавигáция ot yunon+lotin

uchish apparatlarini tegishli asbob va vositalar yordamida belgilangan yo'ldan olib borish haqidagi fan; havo navigatsiyasi

Bosh so'zdagi aksent belgisi (masalan, a'ló) urg'uli bo'g'inni ko'rsatadi.

← Oldingi Keyingi → 3-sahifa