Lug'atlar 📚

Imlo lug'ati — 35312 so'z · O'zlashma so'zlar izohli lug'ati — 10994 so'z (ma'nosi, urg'usi, kelib chiqishi)

10994 ta natija

agitátsiya агитáция ot lotin

targ'ibot, tashviqot

agnostitsízm агностици́зм ot yunon

borliqni, narsa-hodisalar va ular­ning mohiyatini bilish mumkinligini qisman yoki butunlay inkor etuvchi nazariya

agnóziya агнóзия ot yunon

idrok, sezgining buzilishi, sezgi a'zolari bilan narsalarni idrok qila bilmaslik

agóniya агóния ot yunon

o'tim oldidan bir qator fiziologik jarayonlar bilan kechadigan holat; o'lim talvasasi

agrár агрáр sifat lotin

yer-suv, yerga egalik va yer-suvdan foydalanishga oid

agregát агрегáт ot lotin

umumiy bir ishni bajarish uchun bir necha har turli mashinadan tuzilgan murakkab mashina

agremán агремáн ot fransuz

bir mamlakat tomonidan o'zining diplomatik vakili sifatida taklif etilgan shaxsni qabul qilish haqida ikkinchi bir mamlakatning oldindan rozilik bildirishi

agréssiya агрéссия ot lotin

har qanday kuch ishlatish; tajovuz

agro- агро- termin element yunon

o'zlashma qo'shma so'zlarning birinchi tarkibiy qismi bo'lib, “agronomiya”, “dehqonchilik” ma'nolarini ifodalaydi

agrobiológiya агробиолóгия ot yunon

o'simlik va hayvonlar hayotining biologik qonuniyatlarini o'rganadigan fan

agrofízika агрофи́зика ot yunon

o'simliklarning tashqi hayot sharoitlarini tadqiq etishning fizikaviy usullari, ular hayot faoliyatining fizikaviy jarayonlari haqidagi fan

agrokimyó агрокимё́ ot yunon+arab

o'simliklarni oziqlantirish, yuqori, barqaror hosil olish maqsadida ularni o'g'itlash, kimyoviy vositalar yordamida zararkunandalardan saqlash va sh. k. kimyoviy jarayonlar to'g'risidagi fan

agromeliorátsiya агромелиорáция ot yunon+lotin

hosildorlikni oshirish maqsadida yerning tabiiy sharoitlarini tubdan yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar majmui

agrometeorológiya агрометеоролóгия ot yunon

iqlim va ob-havo kabi meteorologik sharoitlarning qishloq xo'jalik ishlab chiqarishi obyektlari va jarayonlariga ta'sirini o'rganadigan fan

agronóm агронóм ot yunon

agronomiya, qishloq xo'jaligi mutaxassisi

agronómiya агронóмия ot yunon

qishloq xo'jalik ishlab chiqarishi, uning qonun-qoidalari haqidagi fan

agrotéxnika агротéхника ot yunon

qishloq xo'jaligi texnikasi

ahamiyát аҳамия́т ot arab

hayotda va faoliyatda tutgan o'rin, qiymat; muhimlik

ahbób аҳбóб ot arab

do'stlar, yaxshi odamlar

áhd áҳд ot arab

va'da, qaror, o'ziga yoki o'zgaga berilgan qat'iy so'z, ishontirish so'zi; qaror

ahíl аҳи́л sifat arab

inoq, o'zaro juda totuv munosabatli, inoq-ittifoq

ahkóm аҳкóм ot arab

hukmlar, qonunlar, buyruqlar, qonun-qoidalar, yo'l-yo'rikdar

áhl áҳл ot arab

xalq, aholi, ma'lum bir qarash (nuqtayi nazar), din va sh. k.ga mansub kishilar, odamlar

ahmóq аҳмóқ sifat arab

tentak, esi past, aql bilan ish qilmaydigan, aqlga zid, bema'ni ishlar qiladigan, shunday ishlarga yo'l qo'yadigan

aholí аҳоли́ ot arab

ma'lum bir hudud, viloyat, mamlakat va sh. k.da istiqomat qiluvchi odamlar

ahvól аҳвóл ot arab

muayyan vaqt va sharoitdagi holat; vaziyat

ahyón аҳё́н ravish arab

har zamonda, ba'zida, goho-goho, ba'zi-ba'zida

ajáb ажáб sifat arab

ajablanarli, hayron qolarli

ajabtovúr ажабтову́р sifat arab

hol, holat; muomala tarzi, ajablantiradigan

ajál ажáл ot arab

o'lim payti, qazo vaqti; o'lim

Bosh so'zdagi aksent belgisi (masalan, a'ló) urg'uli bo'g'inni ko'rsatadi.

← Oldingi Keyingi → 5-sahifa