Lug'atlar 📚

Imlo lug'ati — 35312 so'z · O'zlashma so'zlar izohli lug'ati — 10994 so'z (ma'nosi, urg'usi, kelib chiqishi)

10994 ta natija

alamangíz аламанги́з sifat arab+fors

ruhiy azob beradigan, qiynaydigan, xafa qiladigan

alayhillá'na алайҳиллáъна sifat arab

unga la'natlar bo'lsin, shaytonning sifati

alayhissalóm алайҳиссалóм modal so'z arab

unga tinchlik va omonlik bo'lsin, payg'ambarlar nomiga qo'shib aytiladi

aláykum алáйкум undov so'z arab

salom berish, salomlashish shakli

alaynó алайнó sifat arab

ochiqdan-ochiq, ro'y-rost

albatrós альбатрóс ot fransuz

nayburunli qushlardan biri, tumshug'i uzun, qanotlari ingichka va keng, uchqur yirik dengiz qushi

albátta албáтта modal so'z arab

fikrning yoki ish-harakatning qat'iyligini, muqarrarligini, shubhasiz ekanligini bildiradi

albóm альбóм ot fransuz

rasm chiziladigan, she'r, qo'shiq, xotira va sh.k. yoziladigan, daftar holida muqovalangan qalin varaqlar majmui

alebástr алебáстр ot yunon

kuydirilgan va tuyilgan oq gips; ganch (haykaltaroshlikda, tibbiyotda va qurilishda ishlatiladi)

aleút алеу́т ot aleut

aleut va komandor orollarining tub aholisini tashkil etuvchi xalq (millat)ning nomi

álfa áльфа ot yunon

yunon alifbosining birinchi harfi va shu harfning nomi

alfavít алфави́т ot yunon

yunon alifbosining dastlabki ikki harfi

alfóz алфóз ot arab

so'zlar, iboralar

álgebra áлгебра ot lotin

matematikaning harfiy miqdorlar ustida bajariladigan amallarning umumiy qonuniyatlarini o'rganadigan bo'limi

algorítm алгори́тм ot lotin

ma'lum bir turga oid masalalarni yechishda ishlatiladigan amallarning muayyan tartibda bajarilishi haqidagi aniq qoida (dastur)

alhámdulilloh алҳáмдулиллоҳ modal so'z arab

olloga shukur, xudoga shukur

alhazár алҳазáр modal so'z arab

hushyor bo'l, saqlan, xudo sakdasin

alhól алҳóл ravish arab

xozirda, shu paytda, ayni vaqtda

álhosil áлҳосил modal so'z arab

xullasi kalom, qisqasi

álibi áлиби ot lotin

aybdor deb gumon qilinayotgan shaxsning jinoyat sodir bo'lgan paytda shu joydan boshqa joyda bo'lishi

alíf I али́ф I ot arab

arab alifbosininng birinchi harfi va uning nomi

alíf II али́ф II ot yunon

o'simlik, asosan zig'ir yog'idan qizdirib tayyorlangan va bo'yoqchilikda ishlatiladigan moy

alík али́к ot arab

“alaykum” so'zining buzilgan, qisqargan shakli, salomga qaytariladigan javob; javob salomi

alizarín ализари́н ot fransuz

ro'yan o'simligi ildizidan olinadigan yoki sun'iy yo'l bilan tayyorlanadigan bo'yoq

alkalóid алкалóид ot yunon

asosan o'simliklarda bo'ladigan azotli organik modda

alkásh алкáш sifat rus

ichkilikka berilgan, ruju qilgan

alkimyó алкимё́ ot arab

kimyo fanining arabcha nomi

alkogól алкогóль ot fransuz

molekulalari tarkibida kislorod va vodorod atomlari guruhi bo'ladigan birikmalar; spirtlar

alkogolízm алкоголи́зм ot fransuz

ashaddiy ichkilikbozlik

allegóriya аллегóрия ot yunon

mavhum tushuncha yoki g'oyalarni aniq bir obraz vositasi bilan ifodalash; majoz

Bosh so'zdagi aksent belgisi (masalan, a'ló) urg'uli bo'g'inni ko'rsatadi.

← Oldingi Keyingi → 8-sahifa