Lug'atlar 📚

Imlo lug'ati — 35312 so'z · O'zlashma so'zlar izohli lug'ati — 10994 so'z (ma'nosi, urg'usi, kelib chiqishi)

10994 ta natija

antropométriya антропомéтрия ot yunon

antropologik tadqiqotlarda odam tanasi va uning a'zolarini o'lchash usullaridan biri

antropónim антропо́ним ot yunon

Kishining atoqli oti, ism.

anuríya анури́я ot yunon

siydik tutilishi (buyrakda hosil bo'lgan siydik qovuqqa tushmaydi)

anvár анвáр sifat arab

eng nurli, nyp sochuvchi; yorug', porloq

anvoí анвои́ sifat arab

navlar, xillar, tur; turlar, jinslar

anzúr анзу́р ot fors

Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarining tog'li hududlarida o'sadigan ko'p yillik yovvoyi piyoz

aórta аóрта ot yunon

yurakning chap qorinchasidan boshlanadigan eng katta tomir, shotomir, shoh tomir

aparteíd апартеи́д ot afrikan

irqiy kamsitishning eng ashaddiy ko'rinishi

apatít апати́т ot lotin

vulqondan otilib chiqqan ko'pgina jinslarning doimiy tarkibiy qismi bo'lgan mineral (asosan fosfatli o'g'itlar ishlab chiqarish uchun ishlatiladi)

apátiya апáтия ot yunon

loqaydlik, hissizlik, odamning tevarak-atrofidagi voqea va hodisalarga loqayd bo'lib qolish holati

apelsín апельси́н ot golland

tropik meva

apogéi апогéи ot yunon

Yer yo'ldoshi orbitasining yer markazidan eng uzoq nuqtasi

apopléksiya апоплéксия ot yunon

bosh miyaga qon quyilishi yoki miya tomiriga qon quyqasi tiqilib qolishi natijasida hushdan ketish yoki biror-bir falaj bilan o'tadigan kasallik holati

apórt апóрт ot lotin

sotilgan aksiyalarga to'lov sifatida aksiyadorlik jamiyatiga kelib tushadigan mulk

aposterióri апостериóри sifat lotin

keyingidan, keyin turganidan

apostróf апострóф ot yunon

yozuvda (ba'zi tillarda) harfiy belgi bilan ko'rsatilmaydigan unli o'rnida satr ustiga qo'yiladigan, vergul ko'rinishidagi belgi (')

apostróf апостро́ф ot yunon

tlsh. Chet tilga oid ismlar tarkibidagi ayrim qismlarni ajratib talaffuz etishni, fonetik transkripsiyada undoshlarning yumshoqligini ko'rsatish uchun satr ustiga qo'yiladigan vergulsimon belgi

apparát аппарáт ot lotin

muayyan bir ishni bajarish uchun xizmat qiladigan asbob, moslama, mexanizm va sh.k.ning umumiy nomi

appelyátsiya аппеля́ция ot lotin

biron-bir qaror, fikr, olingan natija yuzasidan yuqori tashkilot yoki idoraga shikoyat arizasi bilan murojaat etish

appendíks аппенди́кс ot lotin

ko'richakning chuvalchangsimon o'simtasi

appenditsít аппендици́т ot lotin

ko'richak, appendiksning yallig'lanishi

applikátsiya аппликáция ot lotin

biror gazlama, qog'ozga rang-barang gazlama yoki qog'oz parchalarini yopishtirib yoki tikib naqsh solish usuli

aprél апрéль ot lotin

yangicha yil hisobida to'rtinchi oy

aprióri априóри sifat lotin

tajribaga asoslanmagan, tajribadan olinmagan, tajribadan oldingi

aprobátsiya апробáция ot lotin

tekshirish, sinash va muhokama asosida rasmiy suratda ma'qullash

aptéka аптéка ot yunon

vrachlarning yozib bergan retseptlariga qarab dori tayyorlaydigan, shuningdek, dori-darmon va boshqa tibbiyot mollarini saqlaydigan va sotadigan muassasa, dorixona

aqallí ақалли́ modal so'z arab

juda bo'lmaganda, hech bo'lmasa

aqidá ақидá ot arab

e'tiqod, ishonch, e'tiqod qilinadigan narsa, xatti-harakat, u haqdagi gap; tushuncha.

aqíq ақи́қ ot arab

qizil rangli qimmatbaho tosh, turli rangli qimmatbaho tosh; haqiq (zeb-ziynat buyumlariga ishlatiladi).

aqiqá ақиқá ot arab

oilada “yangi mehmon”, ya'ni chaqaloq dunyoga kelganligi munosabati bilan uning tug'ilganiga 7 yoki 14 yoxud 21 kun bo'lganda o'tkaziladigan ziyofat, marosim

Bosh so'zdagi aksent belgisi (masalan, a'ló) urg'uli bo'g'inni ko'rsatadi.

← Oldingi Keyingi → 14-sahifa