Lug'atlar 📚

Imlo lug'ati — 35312 so'z · O'zlashma so'zlar izohli lug'ati — 10994 so'z (ma'nosi, urg'usi, kelib chiqishi)

10994 ta natija

áql áқл ot arab

Es, hush. inson miyasining dunyoni aks ettirish va shaxsning voqelikka munosabatini boshqarib turadigan faoliyati; fikrlash qobiliyati

aqoíd ақои́д ot arab

qoidalar, aqidalar, e'tiqod qilinaditan narsalar

aqráb ақрáб ot arab

chayon

aqrabó ақрабó ot arab

yaqinlar, yor-birodarlar, yor-do'stlar

ár áр ot fransuz

metr o'lchovi tizimida yuz kvadrat metrga teng yer o'lchov birligi, bir gektarning yuzdan bir qismi

aráb арáб ot arab

Osiyoning fors qo'ltig'i bilan o'rta dengiz orasidagi qismida va shimoliy afrikada yashovchi, somiy tillardan birida so'zlashuvchi xalq (millat) nomi

arabíy араби́й sifat arab

arablarga, arab tili va adabiyotiga oid; arabcha

arabshunós арабшунóс ot arab+fors

arab tili, yozuvi, madaniyati va tarixi bo'yicha mutaxassis olim

arafá арафá ot arab

makka sh. yaqinidagi tog' nomi; bilish, tanish, ramazon yoki qurbon hayitidan oldingi kun

aráq арáқ ot arab

suv bilan vino (etil)spirti aralashmasidan iborat ichimlik

aravá аравá ot arab

asosan ikki yoki to'rt g'ildirakli, ot, eshak yoki ho'kiz qo'shiladigan transport vositasi

aravasóz аравасóз ot arab+fors

arava yasovchi usta

arayísh арайи́ш ot fors

bichilayotgan, tikilayotgan narsaning chokidagi ortiqcha joyi, ko'sti

aráz арáз ot arab

xafa bo'lish, aybsitib, gina-kudurat saqlab gaplashmaslik, muloqotda bo'lmaslik holati

arbítr арби́тр ot lotin

tomonlarning roziligi bilan tayinlangan sudya; hakam

arbitráj арбитрáж ot fransuz

nizoli masalalarni hal qilish uchun maxsus tashkil etilgan va doimo faoliyat ko'rsatuvchi sud organi, hakamlik

arbób арбóб ot arab

fan, madaniyat, san'at sohasida yoki davlat ishida o'z faoliyati bilan tanilgan, shu sohada o'zini ko'rsatgan shaxs

ardób ардóб ot fors

mollarga ichirish uchun suvga un chalib tayyorlangan ozuqa

areál ареáл ot lotin

maydon, makon, o'simlik yoki hayvonlarning biror turi, turkumi yoki oilasi tarqalgan hudud

areómetr ареóметр ot yunon

suyuklik va sochiluvchan qattiq jismlarning zichligini o'lchaydigan asbob

arést арéст ot nemis

hibs, vaqtincha qamoq, mulk yoki puldan foydalanish huquqidan vaqtincha mahrum etmoq, mol-mulkni xatlab, muhrlab qo'ymoq

árfa áрфа ot nemis

uchburchak shaklidagi qadimiy ko'p torli tirnama musiqa asbobi

arg'uvón арғувóн ot fors

yog'och o'ymakorligida ishlatiladigan, bahorda ochiladigan qirmizi gulli bir daraxt (burchoqsoshlar oilasiga mansub daraxtlar turkumi)

argó аргó ot fransuz

Yasama til. Biror ijtimoiy guruh, toifaning (mas., talabalar, sportchilar, o'g'rilar va b.) o'ziga xos, boshqalar tushunmaydigan lug'aviy birliklardan iborat tili

argón аргóн ot yunon

Mendeleyev davriy jadvaliga kirgan kimyoviy element, havo tarkibida bo'ladigan tussiz va hidsiz gaz

argotízm арготи́зм ot fransuz

biron argodan adabiy tilga o'zlashib qolgan so'z va iboralar; mas, quyon (chiptasiz yo'lovchilar – shofyorlar tilida)

argumént аргумéнт ot lotin

fikr, da'vo va sh.k. ni isbotlash uchun asos, dalil

argumentátsiya аргументáция ot lotin

dalil keltirish, isbotlash, kerakli fikr yoki qoidani isbotlash uchun dalillarni tashkil etish, muhokama qilish

arifmétika арифмéтика ot yunon

Hisob. matematikaning sonlarning oddiy xossalarini hamda ular ustida bajariladigan amallarni (qo'shish, ayirish, ko'paytirish, bo'lishni) o'rganadigan bo'limi.

arifmómetr арифмóметр ot yunon

arifmetik amallarni mexanik ravishda bajaradigan ixcham hisoblash mashinasi

Bosh so'zdagi aksent belgisi (masalan, a'ló) urg'uli bo'g'inni ko'rsatadi.

← Oldingi Keyingi → 15-sahifa