Lug'atlar 📚

Imlo lug'ati — 35312 so'z · O'zlashma so'zlar izohli lug'ati — 10994 so'z (ma'nosi, urg'usi, kelib chiqishi)

10994 ta natija

artillériya артиллéрия ot fransuz

to'p, minomyot va sh.k. otish qurollari majmui

artíst арти́ст ot lotin

san'at asarlarini tomoshabinlar uchun namoyish qiluvchi ijrochi

artrít артри́т ot yunon

yallig'lanishni ifoda etuvchi qo'shimcha; bo'g'imlarning yallig'lanishi

artrológiya артролóгия ot yunon

bo'gʻim va uning kasalliklarini o'rganadigan fan

arúz ару́з ot arab

she'r tuzilishida uzun va qisqa bo'g'inlarning ma'lum tartibda almashib kelishiga asoslangan va sharq nazmida, xususan, o'zbek mumtoz nazmida keng qo'llangan she'riy o'lchov, she'r tizimi

arvóh арвóҳ ot arab

diniy tasavvurlarga ko'ra: faqat odam tirikligida, hayotida u bilan bo'ladigan, vafotidan keyin tandan chiqib, abadiy mavjud bo'ladigan g'ayrimoddiy asos; ruh

arxaík архаи́к sifat yunon

eskirgan, iste'moldan qolgan

arxaízm архаи́зм ot yunon

tlsh. Ma'lum davr uchun eskirgan, iste'moldan chiqa boshlagan til birligi – so'z, ibora, grammatik shakl. mas, surur (sevinch), hayon (foyda) – lug'aviy arxaizmlar

arxár архáр ot yunon

juft tuyoqlilar turkumiga mansub yovvoyi qo'ylarning umumiy nomi; al­qor, tog' qo'yi

arxeólog археóлог ot yunon

qadimshunos, arxeologiya olimi, mutaxassisi

arxeológiya археолóгия ot yunon

qadimiy moddiy madaniyat yodgorliklari asosida xalqlarning tarixiy o'tmishini, turmushi va madaniyatini o'rganuvchi fan

arxiepiskóp архиепискóп ot yunon

yuqori lavozimdagi ruhoniy, episkopdan yuqori unvon va shu unvonga ega bo'lgan ruhoniy

arxieréy архиерéй ot yunon

katta ruhoniylar, xristian cherkovlarida: yuqori darajali ruhoniylar (episkop, arxiepiskop va mitropolog)ning umumiy unvoni

arximandríd архимандри́д ot yunon

erkaklar monastiri boshlig'ining va monaxlarning oliy unvoni va shu unvonga ega bo'lgan shaxs

arxipelág архипелáг ot yunon

bir-biriga yaqin turgan dengiz orollari guruhi, orollar to'dasi

arxitekgoník архитектони́к sifat yunon

qurilish san'atiga oid

arxitéktor архитéктор ot yunon

arxitektura mutaxassisi, bino va inshootlarni loyihalovchi yoki quruvchi mutaxassis; me'mor

arxitektúra архитекту́ра ot lotin

bino va inshootlarni loyihalash, qurish va bezatish san'ati; me'morlik

arxív архи́в ot lotin

eski hujjatlar, yozma va grafik yodgorliklarni saqlash, sistemalashtirish va tavsiflash bilan shug'ullanadigan maxsus muassasa

arxivárius архивáриус ot lotin

arxivchi, arxiv xodimi, arxivda ishlovchi kishi

aryergárd аръергáрд ot fransuz

harbiy yurish, hujum yoki chekinish vaqtida asosiy kuchlarning ketidan boruvchi va ularni dushmanning orqadan kelib hujum qilishidan saqlovchi askariy qo'shilma, qism

árz áрз ot arab

dard-hasrat, shikoyat tarzidagi (asosan og'zaki) ran, murojaat

arzandá арзандá sifat fors

arziydigan, loyiq, orzu qilib etishgan yolg'iz o'g'il yoki qiz

arz-dód арз-дóд ot arab+fors

shikoyat, to'lib toshgan dard-hasrat va undan shikoyat

arzgó'y арзгў́й ot arab+fors

arz bilan kelgan yoki murojaat qilgan kishi

arznomá арзномá ot arab+fors

ariza, shikoyatnoma, iltimosnoma

arzón арзóн sifat fors

bahosi past, narxi past, bahosi, narxi yuqori bo'lmagan

as'asá-dabdabá асъасá-дабдабá ot arab

izlash, qidirish; taqillash, dukillash, zo'r mahobat; katta tantana, dabdaba

asáb асáб ot arab

bosh va orqa miyadan barcha a'zolarga tarqalgan va ularning faoliyatini boshqarib turadigan juda ingichka nerv tomirlari tizimi va shu tomirlarning har biri

asád асáд ot arab

o'n ikki burjning biri, saraton va sunbula burjlari o'rtasida joylashgan

Bosh so'zdagi aksent belgisi (masalan, a'ló) urg'uli bo'g'inni ko'rsatadi.

← Oldingi Keyingi → 17-sahifa