Lug'atlar 📚

Imlo lug'ati — 35312 so'z · O'zlashma so'zlar izohli lug'ati — 10994 so'z (ma'nosi, urg'usi, kelib chiqishi)

10994 ta natija

asál асáл ot arab

o'simliklar gulidagi shira (nektar)ning ishchi asalarilar organizmida qayta ishlanishidan hosil bo'ladigan shirin, suyuq oziq mahsuloti

asár асáр ot arab

biror narsadan qolgan yoki undan darak beruvchi belgi

asbést асбéст ot lotin

o'tga chidamli, kislota va ishqor ta'sir qilmaydigan, issiqlik va elektrni o'tkazmaydigan tolali mineral; toshpaxta

asbób асбóб ot arab

umuman, faoliyatda ishga solinadigan, faoliyat uchun xizmat qiladigan narsalar: qurol-yarog', uy-ro'zg'or buyumlari va b

aséptika асéптика ot yunon

yiringli jarohatlarga infeksiya tushirmaslikka qaratilgan chora-tadbirlar tizimi

asfalasofilín асфаласофили́н ot arab

do'zaxning eng tagi, jahannam

asfált асфáльт ot yunon

yo'llar, trotuarlar qurishda va sanoatning ba'zi tarmoqparida ishlatiladigan tabiiy yoki sun'iy, qoramtir, smolasimon modda

asfíksiya асфи́ксия ot yunon

bo'g'ilib qolish – organizmda kislorod yetishmay, karbonat angidrid ko'payib ketishi natijasida paydo bo'ladigan patologik holat

ash'ór ашъóр ot arab

she'r; she'rlar, baytlar

ashaddíy ашадди́й sifat arab

eng qattiq, eng kuchli, o'ta darajada

ashír аши́р ot arab

ashir oyi

áshk áшк ot fors

ko'z yoshi, yosh

ashób асҳóб ot arab

do'stlar, o'rtoqlar, hamsuhbatlar

ashráf ашрáф sifat arab

eng sharafli, eng olijanob, eng ulug', izzat-obro'li, ulug'

ashtarxoniylár аштархонийлáр ot fors

shayboniylar sulolasidan so'ng 1601-1757-yillarda Movarounnahrni idora qilgan sulola

ashyó ашё́ ot arab

buyum, narsa

ashyovíy ашёви́й sifat arab

dalil bo'ladigan narsa, buyum

asíl аси́л sifat arab

a'lo sifatli, eng yaxshi; toza, sof (qalbaki, past emas)

asilzodá асилзодá sifat arab+fors

feodal va burjua-dvoryan jamiyatida: yuqori tabaqali zotlarga mansub shaxs; oqsuyak

asimmetríya асимметри́я ot yunon

simmetriyaning yo'qligi yoki buzilganligi; simmetriyasizlik

asír аси́р ot arab

urush vaqgda dushman qo'liga tushib, ozodlikdan mahrum bo'lgan shaxs; bandi

askár аскáр ot arab

harbiy xizmatdagi shaxs

askét аскéт ot yunon

asketizm tarafdori, tarki dunyo qilgan kishi; zohid

askiyá аския ot arab

o'zbek xalq og'zaki ijodining bir janri bo'lib, uida so'z o'yiniga, qochiriqlarga asoslangan holda ikki yoki undan ortiq kishi yoki taraflar musobaqalashadi. askiya, odatda, to'y-tomosha, sayl, ziyofat kabi yig'inlarda o'tkaziladi

ásl áсл sifat arab

kelib chiqishi, kelib chiqish e'tibori bilan qarashliligi; nasli, tagi

áslan áслан ravish arab

kelib chiqish jihatidan, nasl-nasab tomonidan

aslaxá аслахá ot arab

urush-jang qurollari, qurol-yarog'

aslíy асли́й sifat arab

tub, haqiqiy, haqiqat e'tibori bilan; aslida

áslo á́сло yuklama arab

umuman, sira, ta'kid, kuchaytiruv ifodalaydi

asnó аснó ko'makchi arab

zamon, vaqt, makon

Bosh so'zdagi aksent belgisi (masalan, a'ló) urg'uli bo'g'inni ko'rsatadi.

← Oldingi Keyingi → 18-sahifa