Lug'atlar 📚

Imlo lug'ati — 35312 so'z · O'zlashma so'zlar izohli lug'ati — 10994 so'z (ma'nosi, urg'usi, kelib chiqishi)

10994 ta natija

asó асó ot arab

tayoq, hassa

asorát асорáт ot arab

qoldiq, iz, ozodlik (erk) dan mahrumlik, tutqunlik

asós асóс ot arab

negiz; manba, narsaning barcha qismlarini tutib yoki ko'tarib turuvchi qismi, tayanchig'i

asosíy асоси́й sifat arab

ahamiyat e'tibori bilan muhim, birlamchi

asotír асоти́р ot arab

mif, to'qilgan rivoyat, uydirmalar

asóv асóв sifat arab

rom bo'lmagan, odamga o'rganmagan, yuvosh tortmagan

ásp áсп ot fors

sipoh, ot

aspékt аспéкт ot lotin

narsa-hodisa, tushuncha va sh.k. ning o'rganilishiga asos bo'ladigan nuqtai nazar

aspijallób аспижаллóб ot fors

ot olib sotar savdogar

aspiránt аспирáнт ot lotin

aspiranturada shug'ullanuvchi, ya'ni nomzodlik dissertatsiyasi ustida ish olib boruvchi shaxs

asríy асри́й sifat arab

ko'p asrlik, asrlar bo'yi yashab, davom etib kelayotgan

asrór асрóр ot arab

sir, sirlar

assalóm ассалóм modal so'z arab

salom bermoq, tinchlik; sog'liq, to'g'ri shakli: assalomu alaykum

assambléya ассамблéя ot fransuz

xalqaro tashkilotlarda ba'zi rahbarlik organlari nomi

assimilyátsiya ассимиля́ция ot lotin

o'simlik yoki jonivor organizmi faoliyati jarayonida tashqaridan qabul qilingan moddalarning o'zlashishi, singgishi, hazm bo'lishi; o'zlashtirilishi, singdirilishi, hazm qilinishi

assistént ассистéнт ot lotin

mutaxassisning yordamchisi

assortí ассорти́ ot fransuz

yaxshi saralangan; bir turdagi (asosan, oziq-ovqat turi) biror narsaning maxsus saralangan aralashmasi, jamlanma

assortimént ассортимéнт ot fransuz

tovarlarning turli xillari, nomlari va navlariga ko'ra to'plami.

assotsiátsiya ассоциáция ot lotin

umumiy maqsadga erishish uchun tuzilgan uyushma, ittifoq

astag'firulló астағфируллó modal so'z arab

ajablanishni, hayratni bildiradi

astár астáр ot arab

kiyim yoki ko'rpa, ko'rpacha singari narsalarning ichki qavati, ichki tomoniga tikilgan material

asteróidlar астерóидлар ot yunon

Quyosh tizimining Mars va Yupiter o'rtalig'ida aylanadigan kichik planetalari, kichik osmon jismlari; kichik sayyoralar

ástma áстма ot yunon

bronxlar teshigining to'satdan torayib qolishi yoki yurak kasalliklari natijasida tutadigan bo'g'ilish xuruji

astóydil астóйдил ravish fors

chin ko'ngildan, sidqidil bilan

ástro áстро ot yunon

qo'shma so'zlar tarkibidagi birinchi so'z bo'lib, yulduz va sayyoralarga aloqadorlikni bildiradi

astrofizíka астрофи́зика ot yunon

astronomiyaning osmon jismlarining fizik holatini va kimyoviy tarkibini o'rganadigan bo'limi

astrológiya астролóгия ot yunon

qadimda osmon yoritqichlarining holatiga qarab fol ochishdan iborat bo'lgan soxta fan, ilmi nujum

astrolyábiya астроля́бия ot yunon

astronomiyada uzunlik va kengliklarni aniqlash uchun XVIII asrgacha qo'llanib kelgan burchak o'lchash asbobi

astronávt астронáвт ot yunon

kosmonavt, kosmosga uchuvchi

astronómiya астронóмия ot yunon

osmon jismlari, umuman koinot tuzilishi va taraqqiyoti to'g'risidagi fan

Bosh so'zdagi aksent belgisi (masalan, a'ló) urg'uli bo'g'inni ko'rsatadi.

← Oldingi Keyingi → 19-sahifa