Lug'atlar 📚

Imlo lug'ati — 35312 so'z · O'zlashma so'zlar izohli lug'ati — 10994 so'z (ma'nosi, urg'usi, kelib chiqishi)

10994 ta natija

audít ауди́т ot lotin

auditorlik vakolati bo'lgan shaxslar (auditorlik firmalari) tomonidan xo'jalik subyektlari moliyaviy hisobotining ekspertizasi va tahlili; taftish

audítor ауди́тор ot lotin

belgilangan tartibda auditorlik faoliyati bilan shug'ullanish huquqini olgan (vakolatlar berilgan) va auditorlar kasbiy ro'yxatiga kiritilgan shaxs (mutaxassis)

auditóriya аудитóрия ot lotin

mashg'ulot, ma'ruza (doklad) va sh. k. o'tkaziladitan xona, bo'lma

auksión аукциóнн ot lotin

ommaviy kimoshdi savdosi

áut áут ravish ingliz

sprt. sport o'yinlarida: to'p (shayba)ning maydonni chegaralovchi chiziq (devor)dan tashqariga chiqishi

autsáyder аутса́йдер ot ingliz

outsider – begona, haddan tashqari. \nHar qanday sohadagi omadsiz odam yoki yutqazib yuruvchi, g'alaba qozonish imkoniyati kam yoxud umuman bo'lmagan jamoa yoki sportchi.

autsórsing аутсо́рсинг ot ingliz

(outsourcing: out – tashqi, source – manba) Firma yoki kompaniya faoliyatiga xizmat ko'rsatish funksiyasining bir qismini boshqa bajaruvchi tashkilotga berish.

avangárd авангáрд ot fransuz

biror xalq, sinf yoki ijtimoiy guruhning ilg'or qismi

aváns авáнс ot fransuz

bir jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan boshqasiga kelgusida to'lanadigan haq hisobidan oldindan beriladigan pul miqdori

avanspóst аванспóст ot fransuz

qo'shindan ilgariroqqa, dushmanga yaqin qo'yilgan soqchilar va ular egallab turgan joy

avantyúra авантю́ра ot fransuz

tasodifiy muvaffaqiyatga erishish uchun real kuch, sharoit va imkoniyatlarni hisobga olmay, tavakkaliga qilingan xatti-harakat

avantyuríst авантюри́ст ot fransuz

avantyurizmga, avantyuraga moyil odam

aváriya авáрия ot italyan

baxtsiz hodisa, falokat

avaxtá авахтá ot nemis

qamoq uyi, qamash joyi: qamoqxona, turma

avbósh авбóш sifat fors

bezori, badkirdor, sayoq, bevosh

ávgust áвгуст ot lotin

Rim imperatorining nomi, yangicha yil hisobida sakkizinchi oy

avia- aвиа- termin element lotin

avia – qush, o'zlashma qo'shma so'zlar tarkibida “aviatsiya” so'zi o'rnida, shu so'zga aloqador ma'nolarda qo'llanadi

aviakompániya авиакомпáния ot lotin

avialiniyalarga yoki samolyot ishlab chiqaruvchi korxonalarga ega bo'lgan birlashma

avialíniya авиали́ния ot lotin

havo, havo yo'llari

aviátor авиáтор ot fransuz

aviatsiya va umuman uchish ishlari bilan shug'ullanuvchi shaxs; uchuvchi

aviátsiya авиáция ot fransuz

uchish apparatlarining majmui; havo floti

avízо ави́зо ot italyan

bank, tijorat amaliyotida hisob-kitob muomalalarining bajarilganligi to'g'risida bir ahdlashuvchi tomonning ikkinchisiga yuboradigan rasmiy xabarnomasi

ávj áвж ot arab

yuksalish nuqtasi, yuqori nuqta, cho'qqi

avliyó авлиё́ ot arab

valilar, e'tiqodli, dindor kishilar; aziz, muqaddas, Allohga yaqin kishilar; ruhoniylar

avliyonamó авлиёнамó sifat arab+fors

avliyo qiyofasidagi, avliyoga o'xshash

avló авлó sifat arab

eng yaxshi, eng munosib, nisbatan afzal, yaxshi

avlód авлóд ot arab

ota-bobodan qolgan nasl (ajdodga nisbatan)

avóm авóм ot arab

umum, omma, oddiy xalq, “qora xalq” (o'tmishda)

avrá аврá ot fors

kiyim, ko'rpa, ko'rpacha kabi narsalarning tashqi, sirtqi qavati

avrát авáт ot arab

tananing, shariatga muvofiq, bekitib yurilishi talab qilinadigan, uyatli joylari

Bosh so'zdagi aksent belgisi (masalan, a'ló) urg'uli bo'g'inni ko'rsatadi.

← Oldingi Keyingi → 21-sahifa