Lug'atlar 📚

Imlo lug'ati — 35312 so'z · O'zlashma so'zlar izohli lug'ati — 10994 so'z (ma'nosi, urg'usi, kelib chiqishi)

10994 ta natija

avratpó'sht авратпў́шт ot arab+fors

avratni bekitib turadigan narsa, kiyim, lungi

avród аврóд ot arab

bomdod, tong namozidan so'ng o'qiladigan duo, oyat; ko'p takrorlanadigan, o'qib yuriladigan oyatlar, duolar

avsát авсáт sifat arab

o'rta, o'rtacha, o'rta darajadagi; madrasa talabalari “a'lo”, “avsat” va “adno” nomi bilan uch guruhga bo'lingan edi

avto- автo- termin element yunon

Murakkab soʻzlarning 1-qismi – termin element: o'zi harakatlanadigan, avtomatik

avtobáza автобáза ot yunon

avtomobillarda yuk va passajirlar tashish uchun tashkil etilgan transport korxonasi, shuningdek, avtomobillar turadigan va remont qilinadigan joy

avtobiográfiya автобиогрáфия ot yunon

biror shaxsning o'zi yozgan tarjimayi holi

avtoblokiróvka автоблокирóвка ot yunon

mashina va apparatlar harakatini hamda texnologik jarayonlarni boshqarishda xatoliklarning oldini oladigan yoki bartaraf etadigan avtomatik asboblar majmui

avtóbus автóбус ot lotin

yo'lovchilar tashiydigan ko'p o'rinli katta avtomobil

avtodróm автодрóм ot yunon

avtomobillarni sinovdan o'tkazish va ularning tezkor musobaqalarini tashkil etishga mo'ljallangan maydon

avtogén автогéн sifat yunon

gaz alangasida eritib payvandlashga oid

avtógraf автóграф ot yunon

asarning muallif qo'li bilan yozilgan nusxasi, asl qo'lyozma

avtokáchka автокáчка ot rus

to'g'inlariga rezina qoplangan to'rt g'ildirakli arava

avtokár автокáр ot ingliz

ichki yonuv dvigatelli (rezina g'ildirakli) o'ziyurar aravacha (vokzallarda, korxonalar hovlisida, sexlarida yuk tashish uchun ishlatiladi)

avtokláv автоклáв ot fransuz

narsalarni yuqori bosimda qizdirish uchun ishlatiladigan, jips yopiladigan idish

avtokolónna автоколóнна ot yunon+fransuz

avtomobillar kolonnasi, ketma-ket tizilib kelayotgan avtomobillar qatori

avtól автóл ot lotin

avtomobil, traktor va boshqa mashinalarni moylash uchun ishlatiladigan, neftdan olinadigan mahsulot

avtomagistrál автомагистрáль ot lotin

tez harakatlanadigan ko'p sonli avtotransportga mo'ljallangan, qarama-qarshi harakat qatorlari o'rtasiga chegara qo'yilgan, boshqa yo'llar bilan bevosita kesishmaydigan uzun va keng yo'l

avtomát автомáт ot yunon

muayyan jarayonlar bo'yicha belgilangan ishni ichki mexanizmi yordamida insonning bevosita ishtirokisiz o'zi bajaradigan apparat, mashina, asbob

avtomobíl автомоби́ль ot lotin

yo'lovchilar yoki yuklarni tashishga mo'ljallangan, g'ildirakli, relssiz transport vositasi

avtonómiya автонóмия ot yunon

muxtoriyat, avtonomiyadan foydalanadigan, avtonomiya huquqiga ega bo'lgan

avtopárk автопáрк ot yunon+ingliz

avtomobillar turadigan va ta'mirlanadigan joy

avtopilót автопилóт ot fransuz

uchish apparatlarini avtomatik ravishda boshqaradigan qurilma

avtoportrét автопортрéт ot fransuz

rassom yoki haykaltaroshning o'z qo'li bilan ishlagan o'z tasviri, portreti

avtorálli авторáлли ot ingliz

avtomobil sporti bo'yicha ko'p kunli musobaqalar

avtoreferát автореферáт ot yunon+lotin

ilmiy asarning o'z muallifi tomonidan yozilgan qisqacha bayoni

avtoremónt авторемóнт ot yunon+fransuz

avtomobillar ta'miriga oid, avtomobillar ta'miri bilan shug'ullanadigan

avtoritár авторитáр sifat fransuz

hokimiyatga, obro'-e'tibor (nufuz)li shaxsga so'zsiz bo'ysunishga asoslangan

avtorúchka автору́чка ot rus

perosiga siyoh o'z-o'zidan kelib turadigan ruchka

avtostánsiya автостáнция ot yunon+lotin

avtomobillar to'xtab o'tish joyi

avtostóp автостóп ot ingliz

yo'l berkligini bildiruvchi signalga yaqin-lashib kelgan poyezdni avtomatik suratda to'xtatadigan moslama

Bosh so'zdagi aksent belgisi (masalan, a'ló) urg'uli bo'g'inni ko'rsatadi.

← Oldingi Keyingi → 22-sahifa