Lug'atlar 📚

Imlo lug'ati — 35312 so'z · O'zlashma so'zlar izohli lug'ati — 10994 so'z (ma'nosi, urg'usi, kelib chiqishi)

10994 ta natija

bachadón бачадóн ot fors

xomila, bola saqlanadigan joy; ayollar tanosil a'zosining homila o'sib yetiladigan ichki qismi

bachchá баччá ot fors

odam bolasi, bola; hayvon nasli

bachchabóz баччабóз ot fors

besoqolboz, bachcha o'ynovchi

bachchatalóq баччаталóқ ot fors+arab

taloq qilingan xotindan tug'ilgan bola

bachkaná бачканá sifat fors

bolalarga xos, bolaga xos; bolalar uchun mo'ljallangan (ust-bosh, oyoq kiyim haqida)

bachkanabóz бачканабóз ot fors

bachkana qiliqni yaxshi ko'radigan odam

bachkanadó'z бачканадў́з ot fors

bolalar kiyim-kechagi tikuvchi

bachkí бачки́ ot fors

o'simlik tanasining, poyasining ostidan, yon-veridan o'sib chiqqan mayda shoxchalar, nihollar

bád бáд sifat fors

yomon, yaramas, zararli

badál бадáл ot arab

biror narsaning o'rniga, evaziga beriladigan haq yoki narsa, narsaning qiymatiga teng keladigan boshqa biror narsa; evaz

badán бадáн ot arab

tananing, gavdaning sirti, sirtqi qismi

badár бадáр ot fors

nom-nishonsiz ketmoq, dom-daraksiz ketmoq, g'oyib bo'lmoq

badarg'á бадарғá ot fors

o'z vatani (yurti)dan boshqa joyga surilish, haydalish, quvg'un

badastír бадасти́р sifat fors

har jihatdan to'la-to'kis ta'minlangan, barcha kerakli narsasi mavjud, bekam-u ko'st

badavíy бадави́й ot arab

Arabiston yarimoroli va Shimoliy Afrikada yashovchi ko'chmanchi va yarimko'chmanchi arab qabilalari; sahroyi, ko'chmanchi

badavlát бадавлáт sifat fors+arab

katta boylikka, bisotga ega bo'lgan; boy

badaxlóq бадахлóқ sifat fors+arab

yurish-turishi, harakatlari jamiyatning axloqiy me'yorlariga zid bo'lgan; axloqsiz

badbáxt бадбáхт sifat fors

baxti kulmagan, turmushdan yolchimagan; baxtsiz, baxti qaro, bebaxt

badbín бадби́н sifat fors

birovga yomonlik istovchi, buzuq niyatli, badxoh

badbó'y бадбў́й sifat fors

yoqimsiz hid tarqatuvchi; yoqimsiz hidga ega; qo'lansa, sassiq

badchehrá бадчеҳрá sifat fors

xunuk yuzli, badbashara, ko'rimsiz

badfé'l бадфéъл sifat fors+arab

tarbiyasiz, yomon xulqli

badfurúsh бадфуру́ш sifat fors

badbashara, yuzi, basharasi burushgan

badgír бадги́р sifat fors

to'g'ri ishni, gapni teskarita buruvchi; hadeb gina qilaveruvchi, gina saqlovchi; kekchi

badgó'y бадгў́й sifat fors

yomon so'zlar aytib yuruvchi, g'iybatchi, ig'vogar

badhavó бадҳавó sifat fors+arab

1. Havosi buzuq, yoqimsiz \n2. Dimog'dor, takabbur, o'zini o'zgalardan yuqori oluvchi

badházm бадҳáзм sifat fors+arab

yomon hazm bo'luvchi, tezda va oson hazm bo'lmaydigan, singishi qiyin bo'lgan

badiá бадиá sifat arab

ajoyib, g'aroyib, noyob narsa; san'at asari, nafis, nodir

badihá бадиҳá ot arab

badiiyatga, nafis san'atga oid; go'zal, ajoyib, voqelikni nafis san'at vositalari, usullari, obrazlari orqali ifoda etuvchi; tasvirlovchi

badihagó'y бадиҳагў́й ot fors

to'satdan she'r to'qiy oluvchi; hozirjavob

Bosh so'zdagi aksent belgisi (masalan, a'ló) urg'uli bo'g'inni ko'rsatadi.

← Oldingi Keyingi → 25-sahifa