Lug'atlar 📚

Imlo lug'ati — 35312 so'z · O'zlashma so'zlar izohli lug'ati — 10994 so'z (ma'nosi, urg'usi, kelib chiqishi)

10994 ta natija

badzót бадзóт sifat fors+arab

yomon naslli, zoti past, tagi past

bafarmón бафармóн ravish fors

farmon bilan, farmon bo'yicha

bafurjá бафуржá ravish fors

xotirjamlik bilan, bemalol, bamaylixotir

bag'ayrát бағайрáт sifat fors

g'ayratli, serg'ayrat

bag'áz бағáз ot fors

pona, yog'och qoziq; so'ri yoki ishkomning poyasiga ko'ndalang bog'lanadigan yog'ochlar

bag'baqá бағбақá ot arab

iyak ostidagi osilgan yumshoq et

bag'dodí I бағдоди́ I ot arab

1.Yog'ochga geometrik shakl solish hunari.

bag'dodí II бағдоди́ II sifat arab

2.Bag'dod shahriga tegishli

bag'óyat бағóят ravish arab

nihoyatda, o'ta, juda ham

bagáj багáж ot fransuz

yuk, yukxona. Yo'lga olingan buyumlar; bog'langan tugun yo'lovchining jo'natish, tashish uchun tayyorlab ko'ygan yuki, umuman yuk

bagájnik багáжник ot rus

“bagaj joyi” ma'nosini ifodalaydi, yo'l transporti (velosiped, mototsikl yoki avtomobil)ning yuk ortiladigan maxsus joyi (bo'lmasi), yukxona

bahám баҳáм sifat fors

birga, birgalikda, teng

bahamjihát баҳамжиҳáт ravish fors+arab

ahillik bilan, birgalikda, hamjihatlik

baháq баҳáқ ravish fors+arab

haq, adolat, Alloh yo'lida

baharhól баҳарҳóл ravish fors+arab

holat, vaziyat, har holda, har qalay

baharnáv баҳарнáв ravish fors+arab

har qalay, durust, bir navi, har holda

bahavó баҳавó sifat fors+arab

musaffo, havosi yoqimli, keng va ochiq

bahaybát баҳайбáт sifat fors+arab

yirik gavdali, ulkan

bahaybát баҳайбáт sifat fors+arab

juda ulkan, haybatli, juda katta

bahayó баҳаё́ sifat fors+arab

hayoli, nomusli, orli

bahimmát баҳиммáт sifat fors+arab

himmatli

bahó баҳó ot fors

biror narsaning pul bilan o'lchanadigan qiymati; narx

bahodír баҳоди́р sifat mo'g'ul

jasur, qo'rqmas, pahlavon, devqomat

bahoíy баҳои́й ot fors

XIX asrning o'rtalarida Erondagi bobiylar (bobiylik) harakatining davomi sifatida Iroqda vujudga kelgan diniy-siyosiy oqim va ushbu oqim tarafdori

bahoná баҳонá ot fors

vaj, ro'kach, assossiz sabab; biror harakat yoki niyatni amalga oshirish yoki oshirmaslik uchun o'ylab topilgan soxta, asossiz sabab; vaj, dastak

bahór баҳóр ot fors

ko'klam, yil fasli

bahorikór баҳорикóр sifat fors

bahorga mo'ljallangan, bahorda qilinadigan; bahori ekinlarga mo'ljallangan, bahori ekinlar ekiladigan; sug'orilmaydigan

bahoristón баҳористóн ot fors

bahorlarga makon bo'lgan, doimo yashnab turgan o'lka, mamlakat

bahoríy баҳори́й sifat fors

bahorga mansub; bahorda ekilib, shu yilning yozida yetiladigan (asosan, don ekinlari haqida)

báhr I бáҳр I ot arab

ulkan daryo, dengiz, okean

Bosh so'zdagi aksent belgisi (masalan, a'ló) urg'uli bo'g'inni ko'rsatadi.

← Oldingi Keyingi → 27-sahifa