Lug'atlar 📚

Imlo lug'ati — 35312 so'z · O'zlashma so'zlar izohli lug'ati — 10994 so'z (ma'nosi, urg'usi, kelib chiqishi)

10994 ta natija

bánd бáнд ot fors

1.Sop, tutqich, dasta 2. Bob, qism, modda. 3. Bog'lam, to'siq, qamoq. 4. Egallangan, bo'sh emas.

bandá I бандá I ot fors

Alloh yaratgan, Allohning quli

bánda II бáнда II ot italyan

bosqinchilik, o'g'rilik, zo'ravonlik, qotillik bilan shug'ullanuvchi qurollangan to'da

bandáj бандáж ot fransuz

homiladorlik va undan keyingi davrda, operatsiyadan oldin yoki keyin tananing tegishli (kasal) joyini normal holatda tutib turish uchun tang'ib bog'lanadigan (kiyiladigan) maxsus kamar, belbog'

bandakí бандаки́ ot fors

paranjining yelkadan yon tomonga osiltirib tikilgan ikkita yengsimon qismi, soxta yeng

bandár бандáр ot fors

kema, savdo kemasi

bandargóh бандаргóҳ ot fors

kema to'xtash joyi, karvonsaroy

bandaxoná бандахонá ot fors

faqir, xoksorlarning uyi, xonadoni

banderól бандерóль ot fransuz

pochtadan jo'natiladigan qog'ozga o'rog'liq kichikroq jo'natma

bandí банди́ ot fors

mahbus, asir, tutqun

bandibást бандибáст ot fors

kimsaning baxt-omadini to'sish uchun sehr-jodu qilish uchun ip, mato

bandít банди́т ot italyan

bosqinchilik, o'g'rilik, kallakesarlik bilan shug'ullanuvchi qurollangan shaxs

bandizindón бандизиндóн sifat fors

tutqun, zindonga solingan

báng бáнг ot hind

hind nashasi, kanopi

bangí банги́ sifat fors

nasha chekuvchi; narkoman, nasha chekishga odatlangan shaxs; nashavand

bangidevoná бангидевонá ot fors

1.Zaharli o'simlik. 2. Nashvand

banibashár банибашáр ot arab

odam bolasi, odamlar, odamzot

baniinsón баниинсóн ot arab

barcha insonlar

baniodám баниодáм ot arab

barcha odamlar; insoniyat

bánk бáнк ot fransuz

vaqtincha bo'sh pul mablag'larini to'plash, korxonalarga kredit (qarz) berish, naqd pulsiz hisob-kitob qilish, kredit mablag'larini muomalaga chiqarish va sh.k. bilan shug'ullanuvchi kredit-moliya muassasasi

bánka бáнка ot rus

shisha idish, suyuqlik solinadigan banka

bankabrósh банкабрóш ot fransuz

xom ip tayyorlaydigan mashina

bankét банкéт ot fransuz

biror kishi sharafiga yoki biror voqea munosabati bilan beriladitan tantanali, rasmiy ziyofat; o'tirish

bankír банки́р ot fransuz

bank egasi yoki bankning yirik aksiyadori; bank xodimi

banknót банкнóт ot ingliz

markaziy emissiya banklari chiqaradigan muayyan moddiy qiymatga ega bo'lgan qog'oz pul

bankomát банкомáт ot fransuz<yunon

muayyan bankka qarashli avtomatik qurilma; bankning o'zida, shuningdek, boshqa joylarda (ko'cha, metro, magazinlarda) o'rnatiladi va bank mijozining uning o'zigagina berilgan qat'iy belgilangan kod bo'yicha naqd pul olishiga xizmat qiladi

bankomát банкома́́т ot ingliz

Bank xizmatlarining mijozlarga masofadan o'z-o'zlariga xizmatini taʼminlovchi qurilma.

bankrót банкрóт ot italyan

singan, inqirozga uchragan korxona, qarzini to'lashga qurbi yetmay qolgan, singan kasb-hunar egasi yoki korxona

banogóh баногóҳ ravish fors

kutilmagan, xayolga kelmaydigan vaqtda; kutilmaganda, birdan

banorás банорáс ot hind

1.Hindistondagi shahar nomi. 2. Beqasamga o'xshash gazlama

Bosh so'zdagi aksent belgisi (masalan, a'ló) urg'uli bo'g'inni ko'rsatadi.

← Oldingi Keyingi → 30-sahifa