Lug'atlar 📚

Imlo lug'ati — 35312 so'z · O'zlashma so'zlar izohli lug'ati — 10994 so'z (ma'nosi, urg'usi, kelib chiqishi)

10994 ta natija

bánt бáнт ot nemis

kapalaknusxa bog'lanadigan lenta

bántik бáнтик ot nemis

bantikcha, lenta, kichkina bant

bantú банту́ ot arab+fors

markaziy va janubiy Afrikada yashovchi xalqlar guruhi

baobró' баобрў́ sifat fors

obro'li

baptízm бапти́зм ot yunon

xristian dini mazhabi, seksiyasi

baqádrihol бақáдриҳол ravish fors+arab

qurbi yetgancha, imkoniyatiga yarasha, holiga ko'ra

baqár бақáр ot arab

buqa, ho'kiz

baqará бақарá ot arab

1.Qoramol, sigir. 2. Qur'onning ikkinchi surasi

baqavlí бақавли́ modal so'z arab

bamisoli, xuddi

baqbaqá бақбақá ot arab

g'urra, shish, pufak

baqiyá бақия́ ot arab

soliq, to'lov, qarz kabilarning vaqtida to'lanmagan qismi; qoldiq, boqimonda

baqiyadór бақиядóр sifat arab

soliq, qarzni o'z vaqtida to'lamagan qarzdor

baqlajón бақлажóн ot arab

sabzavot, poliz ekini; tomatdoshlar oilasiga mansub bo'lgan bir yillik o'simlik va uning binafsharang, seret hosili

baqó бақó ot arab

abadiyat, mangulik, cheksizhayot

baqqól баққóл ot arab

oziq-ovqat, mayda-chuyda sotuvchi savdogar

bár бáр ot fors

1.Kiyim etagi. 2.Old qo'shimcha.

bár бáр ot ingliz

1. Qum to'siq, sayozlik. 2. Kichik restoran, mayxona.

bár бáр ot yunon

atmosfera o'lchov birligi

barabán барабáн ot turkiy

gardishining bir yoki har ikkala tomoniga teri qoplangan, urma (zarbli) musiqa asbobi

baráhman барáҳман ot fors

brahman

barahná бараҳнá sifat fors

ochiq-sochiq, bemalol, yuzi ochiq

barák I барáк I ot italyan

yog'ochdan qurilgan vaqtinchalik uy, yashash joyi

barák II барáк II ot fors

chuchvara

baraká баракá ot arab

duo; rozilik, ijozat; Allohning marhamati; biror narsaning (asosan, noz-u ne'matlar, ekin hosili) kutilgan darajadan mo'lligi, serobligi

barakálla баракáлла undov so'z arab

mamnunlik, maqtash, ma'qullash; kimsaning biror harakatidan mamnunlikni, ma'qullash, maqtovni anglatadi

barakát баракáт ot arab

duo, oq fotiha, Allohning marhamati

barálla барáлла ravish fors

yaqqol, aniq, ravshan

baravár баравáр sifat fors

o'lchami, hajmi, katta-kichikligi, son-qiymati, harakati jihatidan bir xil, teng

barávj барáвж sifat fors+arab

avj olgan, kuchaygan, yuksak darajada

barbód барбóд sifat fors

xarob, vayron, sovurilgan, buzilgan

Bosh so'zdagi aksent belgisi (masalan, a'ló) urg'uli bo'g'inni ko'rsatadi.

← Oldingi Keyingi → 31-sahifa