Lug'atlar 📚

Imlo lug'ati — 35312 so'z · O'zlashma so'zlar izohli lug'ati — 10994 so'z (ma'nosi, urg'usi, kelib chiqishi)

10994 ta natija

barnó барнó sifat fors

yosh, navqiron

barobár баробáр sifat fors

bararvar, teng

barógraf барóграф ot yunon

atmosfera bosimini avtomatik va uzluksiz ravishda yozib oladigan asbob, o'ziyozar barometr

barográmma барогрáмма ot yunon

atmosfera bosim o'zgarishlarini ko'rsatadigan egri chiziq

barokámera барокáмера ot lotin

barometrik bosimni sun'iy ravishda o'zgartirishga imkon beruvchi zich yopiladigan (germetik) kamera

barókko барóкко ot italyan

XVI asr oxiri – XVIII asr o'rtalarida Yevropa san'atida mavjud bo'lgan, manzaraviy serhashamligi, jimjimadorligi, tasviriy rang-barangligi bilan ajralib turadigan uslublardan biri

barómetr барóметр ot yunon

atmosfera bosimini o'lchaydigan asbob

barón барóн ot fransuz

G'arbiy Yevropa zodagonlari, dvoryanlarining grafdan bir pog'ona past unvoni va shunday unvon olgan kishi

barór барóр ot fors

ishning o'ngidan kelishi, rivojlanishi

barót I барóт I ot arab

shoh tomonidan biror vakolat, huquq beruvchi yorliq

barót II барóт II ot arab

sha'bon oyining ikkinchi nomi

bároterapíya бáротерапи́я ot yunon

atmosfera bosimini o'zgartirib davolash usuli

barotrávma баротрáвма ot yunon

atmosfera bosimining birdan o'zgarishi natijasida eshituv a'zosining, o'pkaning shikastlanishi

barpó барпó ot fors

qurilmoq, vujudga kelmoq

bárq бáрқ ot arab

yashin, chaqmoq, yolqin, alanga

barqarór барқарóр sifat fors+arab

qat'iy, uzil-kesil o'rnashgan

barrá баррá ot fors

yangi tug'ilgan qo'zichoq

barrél баррéль ot ingliz

AQSh, Buyuk Britaniya va b. bir qator mamlakatlarda: suyuqliklar va sochiluvchan moddalarning 115 dan 164 litrgacha bo'lgan sig'im va hajm o'lchov birligi

barrikáda баррикáда ot fransuz

ko'cha janglarida, shuningdek, ko'prik va tog' yo'llarida duch kelgan narsalardan (xoda, tosh, daraxt, qum to'ldirilgan qop va b.) foydalanib, himoya, mudofaa maqsadida qurilgan to'siq, g'ov

bársh бáрш ot arab

afyun, asal va xushbo'y dorivorlardan tayyorlangan narkotik modda

bárshchina бáршчина ot rus

O'rta asrlarda Rossiyada krepostnoy dehqonlarning o'z mehnat qurollari bilan pomeshchik foydasiga haq olmay majburiy suratda bajaradigan ishi; feodalizm davridagi yer rentasining bir shakli

bartaráf бартарáф qo'shma fe'l qismi fors+arab

u yoki bu tomonga hal bo'lmoq

bárter бáртер ot ingliz

pul mablag'lari ishtirokisiz bevosita tovarga tovar ayirboshlash va shu haqdagi shartnoma

barvastá барвастá sifat fors

gavdali, tik qomatli, keng yag'rinli

barxít бархи́т ot italyan

duxoba, baxmal

baryér баръéр ot fransuz

yugurish va ot sportida yoki sirk nomerlarida: sakrab o'tiladigan to'siq

barzangí барзанги́ ot fors

haybatli, davangirday, yirik gavdali

bás I бáс I sifat fors

yetarli, kifoya

bás II бáс II ot arab

tortishuv, bahs

bás III бáс III ot italyan

erkaklarning eng past, yo'g'on ovozi va shunday ovozga ega ashulachi

Bosh so'zdagi aksent belgisi (masalan, a'ló) urg'uli bo'g'inni ko'rsatadi.

← Oldingi Keyingi → 33-sahifa