Lug'atlar 📚

Imlo lug'ati — 35312 so'z · O'zlashma so'zlar izohli lug'ati — 10994 so'z (ma'nosi, urg'usi, kelib chiqishi)

10994 ta natija

batrák батрáк ot rus

pomeshchik yoki quloq xo'jaligida yollanib ishlaydigan dehqon

batsílla баци́лла ot lotin

tayoqcha shaklidagi bakteriya

battár баттáр sifat fors

yomonroq; ziyoda, avvalgidan, qiyos qilinayotganidan ortiq, ziyoda (xatti-harakat)

battarín баттари́н sifat fors

o'taketgan yomon, juda yomon

battól баттóл sifat arab

o'taketgan yovuz, berahm, vahshiy

batút бату́т ot italyan

Mustahkam toʻqilgan toʻrning kauchuk yoki metall prujinalar orqali metall ramkaga tortib mahkamlangan sakrash moslamasi.

batаmíz батами́з sifat fors+arab

farosatli, zehnli

bavosír бавоси́р ot arab

to'g'ri ichakning va orqa chiqaruv yo'li venalarining kengayishi hamda tugunchalar hosil bo'lishi natijasida paydo bo'ladigan kasallik

bávosita бáвосита ravish fors+arab

bilvosita

baxabár бахабáр sifat fors

boxabar, xabardor, biladigan

baxayolgá бахаёлгá ravish fors

savdoda to'g'ri kelmasa qaytib berish yo qaytib olish

baxáyr бахáйр sifat fors+arab

xayrli, ezguli, yaxshilikka olib boradigan

baxíl бахи́л sifat arab

xasis, ziqna, ichi qora

baxmál бахмáл ot fors

duxoba, barxit

baxmalpó'sh бахмалпў́ш ot fors

baxmal yopinchiq, qoplama

báxsh бáхш ot fors

bermoq, bag'ishlamoq, afv

baxshandá бахшандá ot fors

beruvchi, bag'ishlovchi, afv etuvchi; ochiq qo'l

baxshí бахши́ ot sanskrit

budda ruhoniysi, duoxon, darvesh

baxshidá бахшидá sifat fors

bag'ishlangan, ato etilgan

baxshísh бахши́ш ot fors

tuhfa, hadya, sadaqa, ehson

báxt бáхт ot fors

nasiba, ulush; kishining o'z faoliyati natijalaridan, hayotda qo'lga kiritgan yutuqlaridan to'la qoniqishi, yashash tarzidan mamnunligi, muayyan maqsadga yetgani, orzu-umidining ushalishi sifatida namoyon bo'ladigan ma'naviy-axloqiy tushuncha

baxtásh бахтáш sifat fors

baxtiga, omadiga tavakkal qilish

baxtiqaró бахтиқарó sifat fors+o'zbek

baxtsiz, sho'rlik, turmushdan yolchimagan

baxtiyór бахтиё́р sifat fors

baxtli, omadi kelgan, mamnun, shodon

baxtiyoríy бахтиёри́й ot fors+arab

xo'raki va vinobop jaydari uzum navi

baxyá бахя́ ot fors

to'g'ri chok; kiyim-kechakning to'g'ri chok bilan bostirilgan qirg'og'i (cheti, zihi) va shunday chokning o'zi

baxyadó'z бахядў́з ot fors

baxya tikuvchi, to'g'ri chok tikuvchi

báy бáй ot arab

savdolashmoq, pulini kelishmoq, sotmoq, savdo muomalalarida, ishga yollash va yollanishda har ikki tomonning o'zaro kelishuvi

bayakbór баякбóр ravish fors

to'satdan, kutilmaganda, nogoh

bayán бая́н ot rus

katta garmonga o'xshash, klavishli, damli cholg'u asbobi

Bosh so'zdagi aksent belgisi (masalan, a'ló) urg'uli bo'g'inni ko'rsatadi.

← Oldingi Keyingi → 35-sahifa