Lug'atlar 📚

Imlo lug'ati — 35312 so'z · O'zlashma so'zlar izohli lug'ati — 10994 so'z (ma'nosi, urg'usi, kelib chiqishi)

10994 ta natija

baydárka байдáрка ot rus

o'rtasida bir yoki bir necha eshkakchi sig'adigan teshik (lyuk)lar qoldirilgan, qolgan joylari berk qilib ishlangan, ikki tomoni kuraksimon eshkakli, tor va yengil sport qayig'i

baynalmilál байналмилáл sifat arab

millatlararo, xalqaro, umuminsoniy

baynalxálq байналхáлқ sifat arab

xalqaro

bayón баё́н ot arab

aniqlik, ravshanlik, tavsiflash, ifodalash, tabiat va jamiyat haqidagi tushuncha hamda tasavvur yuzasidan inson fikri va mulohazalarining og'zaki yoki yozma ifodasi

bayonnomá баённомá ot arab+fors

majlis, yig'ilish, kengash va boshqa tur anjumanlarning borishini va ular qabul qilgan qarorlarni aniq, siqiqholda qayd qiluvchi hujjat

bayonót баёнóт ot arab

davlatlararo diplomatik munosabatlar, muzokaralar, xalqaro ahvol va shu kabi masalalar haqida manfaatdor tomonlarning rasmiy fikrlari, qarash­lari hamda maqsadlarini ifodalaydigan hujjat

bayót баё́т ot arab

kuy, shashmaqomning uchinchi – navo maqomlariga kiradigan kuylar guruhlaridan birining nomi

bayóz баё́з ot arab

oqqa ko'chirilgan she'r, matn

báyt бáйт ot arab

uy, xona, bo'lma; sharq she'riyatida aruz vaznida yozilgan g'azal, qasida, masnaviy kabi asarlarning bir butun ikki misrasi, bandi

baytár байтáр ot arab

mol doktori, veterinar

baytariyá байтария́ ot arab

veterinariya

baytulhazón байтулҳазóн ot arab

g'amxona, qayg'u-hasrat uyi

baytullóh байтуллóҳ ot arab

Allohning uyi, Ka'baning ikkinchi nomi

baytulmól байтулмóл ot arab

davlat xazinasi, davlat mulki; davlatga tegishli bo'lgan boyliklar saqlanadigan maxsus joy, bino

bayzó байзó sifat arab

o'ta oq, oppoq, quyosh, oftob

báza бáза ot yunon

zahira, tayanch, asos, muayyan moddiy narsalar to'plami, majmui; zaxirasi

bazált базáльт ot lotin

paydo bo'lishiga ko'ra magmatik, qoramtir-bo'zrang, shishasimon tog' jinsi

bázis бáзис ot yunon

asos, negiz, jamiyat taraqqiyotining ma'lum tarixiy bosqichida yuzaga keladigan ishlab chiqarish munosabatlari yig'indisi

bázl бáзл ot arab

sovg', tuhfa, hadya, nazr, hurmat-ehtirom yuzasidan saxiylik qilib beriladigan yoki bag'ishlanadigan narsa; in'om

bázm бáзм ot fors

dabdabali ziyofat, musiqa va o'yinlar bilan o'tkaziladigan ziyofat, to'y, o'tirish; o'yin-kulgi kechasi

bazmgóh базмгóҳ ot fors

bazm o'tkaziladigan yoki o'tkazilayotgan joy, xona

bazmoró базморó ot fors

bazmni qizituvchi, bazmga jon kirituvchi, o'tirishni qizituvchi

bazó'r базў́р sifat fors

qiyinlik bilan, zo'r kelgan holda; zo'rg'a, arang

bazzóz баззóз ot arab

gazlamafurush, gazlama bilan savdo qiluvchi do'kondor

be- бе- affiks fors

inkor ma'nosini ifodalovchi qo'shimcha

beadáb беадáб sifat fors

tarbiyasiz, odobsiz, tarbiya ko'rmagan

beadád беадáд sifat fors+arab

son-sanoqsiz, behisob, nihoyatda ko'p

beajál беажáл sifat fors+arab

ajalsiz, vaqti-soati yetmasdan

beajín беажи́н sifat fors+o'zbek

ajin tushmagan, ajinsiz

beamál беамáл sifat fors+arab

amali yo'q, lavozimi yo'q

Bosh so'zdagi aksent belgisi (masalan, a'ló) urg'uli bo'g'inni ko'rsatadi.

← Oldingi Keyingi → 36-sahifa