Lug'atlar 📚

Imlo lug'ati — 35312 so'z · O'zlashma so'zlar izohli lug'ati — 10994 so'z (ma'nosi, urg'usi, kelib chiqishi)

10994 ta natija

belúj белу́ж ot rus

asosan Eron, Afg'oniston va Pokistonda yashovchi, Eroniy tillar guruhiga mansub tilda so'zlashuvchi xalq va shu xalq vakili

belúxa белу́ха ot rus

delfinsimonlar oilasiga mansub sutemizuvchi hayvonlarning yagona vakili; yirik delfin

belvedér бельведéр ot italyan

bino usti yoki baland joyga prizma yoki doira shaklida, ba'zan gumbazli qilib qurilgan alohida xona

bema'ní бемаъни́ sifat fors+arab

odob-qoida doyrasidan tashqari; ma'nosi, mazmuni yo'q; ma'nosiz

bema'nó бeмаънó sifat fors+arab

bema'ni, odob doirasida bo'lmagan

bema'rifát бемаърифáт sifat fors+arab

ilmsiz, savodsiz, ta'lim ko'rmagan; chalasavod

bemadór бемадóр sifat fors+arab

madorsiz, quvvatsiz

bemahál бемаҳáл ot fors+arab

kech, yarim tun payti, o'rinsiz

bemajól бемажóл sifat fors+arab

quvvatsiz, darmonsiz

bemakón бемакóн sifat fors+arab

boshpanasiz, turar joyi yo'q

bemalól бемалóл ravish fors+arab

erkin, tortinmasdan, bahuzur

bemaqsád бемақсáд ravish fors+arab

maqsadsiz, hech narsani niyat, orzu qilmagan

bemashaqqát бемашаққáт ravish fors+arab

qiyinchiliksiz, oson

bemashvarát бемашварáт ravish fors+arab

maslahatlashmay, kengashmay

bemaslahát бемаслаҳáт ravish fors+arab

maslahatsiz, kengashsiz

bemaslák бемаслáк sifat fors+arab

g'oyasiz, biror fikr, g'oyasi yo'q

bemavríd бемаври́д ravish fors+arab

nomaqbul paytda, bemahal, bevaqt

beme'yór бемеъё́р sifat fors+arab

me'yordan tashqari, odatdagiday emas

beméhr бемéҳр sifat fors+arab

mehr-shafqatsiz, rahmsiz

bemerós бемерóс ravish fors+arab

merossiz, merosga ega bo'lmasdan

beminnát беминнáт ravish fors+arab

qilgan ish, yaxshiligi uchun minnatdorlik talab etmaydigan; minnat, tama qilmay

bemiqyós бемиқё́с sifat fors+arab

cheksiz, tengsiz, o'xshashi yo'q

bemísl беми́сл sifat fors+arab

mislsiz, misli ko'rilmagan

bemisól бемисóл sifat fors+arab

o'xshashi yo'q, tengsiz, hadsiz, haddan tashqari

bemór бемóр sifat fors

organizmining odatdagi biror holati buzilgan; kasal, xasta

bemuddát бемуддáт ravish fors+arab

vaqti, muddati cheklanmagan, abadiy

bemulohazalík бемулоҳазали́к ravish fors+arab

mulohaza qilmasdan, puxta o'ylamasdan

bemuród бемурóд ravish fors

maqsadsiz, orzu-niyatsiz, umidsiz

bemuruvvát бемуруввáт sifat fors+arab

hech kimga yaxshilik qilmaydigan, saxovatsiz

benáf бенáф sifat fors+arab

biror naf-manfaati, foydasi yo'q; foydasiz, samarasiz

Bosh so'zdagi aksent belgisi (masalan, a'ló) urg'uli bo'g'inni ko'rsatadi.

← Oldingi Keyingi → 41-sahifa