Lug'atlar 📚

Imlo lug'ati — 35312 so'z · O'zlashma so'zlar izohli lug'ati — 10994 so'z (ma'nosi, urg'usi, kelib chiqishi)

10994 ta natija

biográfiya биогрáфия ot yunon

tarjiayi hol, kishining hayotiy yo'li tavsifi, bayoni

bioindikátorlar биоиндикáторлар ot yunon+lotin

tabiiy jarayon va antropogen o'zgarishlardan darak beruvchi tirik organizmlar

biokimyó биокимё́ ot yunon+lotin

tirik organizmlarning kimyoviy tarkibini o'rganadigan fan

bioklimatólogiya биоклиматóлогия ot yunon

bioiqlimshunoslik, ilm-fanning inson va tabiatga ta'sirini o'rganuvchi fan

biolaboratóriya биолаборатóрия ot yunon+lotin

qishloq xo'jalik ekinlarini kasallikdan himoya qilish va nazorat qilish muassasasi

biólog биóлог ot yunon

biologiya fani, sohasi mutaxassisi

biólog биóлог ot yunon

yo'sinlarni o'rganuvchi mutaxassis, yo'sinshunos

biológiya биолóгия ot yunon

tirik organizmlar hayoti va rivojlanishi qonuniyatlari haqidagi fan, ta'limot

biológiya биолóгия ot yunon

botanikaning yo'sinlar, moxlarni o'rganuvchi bo'limi

biolokátsiya биолокáция ot yunon+lotin

hayvonlarning sezgi yordamida biror obyekt o'ziga nisbatan qanday holatda turganini aniq bilish qobiliyati

biolumiyessénsiya биолюмиесцéнция ot lotin

tirik organizmlarning kuchsiz, ko'zga ko'rinarli nur chiqarish, yiltirash xususiyati

biomaydón биомайдóн ot yunon+lotin

biologik ta'sir o'tkazish maydoni, doirasi

biónika биóника ot yunon

tirik organizmlar tuzilishini o'rganish natijasida texnika muammolarini yechadigan fan

bioóptika биоóптика ot yunon

nurning hosil bo'lishi va boshqa moddalar bilan o'zaro ta'sirini tekshiradigan bo'lim

biopolimerlár биополимерлáр ot yunon

barcha tirik organizmlarning hayotida muhim rol o'ynaydigan yuqori molekulali tabiiy birikmalar

biosféra биосфéра ot yunon

Yerning tirik organizmlar yashaydigan joyi, qismi

biosíntez биоси́нтез ot yunon

fermentlar ta'sirida moddalar hosil bo'lishi va moddalar almashinuvi jarayoni

biotelemetríya биотелеметри́я ot yunon

harorat, qon bosim, yurak urishini uzoqdan turib o'lchash, tekshirish usullari majmui

biotexnológiya биотехнолóгия ot yunon

qishloq xo'jaligi, sanoatda biologik jarayonlardan foydalanish usullari majmui

biotíp биоти́п ot yunon

tashqi ko'rinshidan bir-biriga o'xshash, yashash xususiyatlari bilan farq qiliadigan biologik turlar

bioxímik I биохи́мик I ot yunon+lotin

biokimyo olimi, mutaxassisi

bioximík II биохими́к II sifat yunon+lotin

biokimyoviy, bioximiyaga oid

bioxímiya биохи́мия ot yunon+lotin

biologik ximiya, tirik organizmlarning kimyoviy xossalarini o'rganuvchi fan

bipatríd бипатри́д ot yunon

bar paytning o'zida ikki davlat fuqarosi bo'lgan shaxs

biplán биплáн ot yunon+lotin

ikkita ustma-ust qanotga ega bo'lgan samolyot

birínch бири́нч ot fors

guruch

birínj I бири́нж I ot fors

bronza, sariq mis

birínj II бири́нж II ot fors

guruch

bírja би́ржа ot yunon

qimmatbaho qog'ozlar va har xil mollar bilan savdo-sotiq qiladigan yirik savdo muassasasi; bozorni uyushtirishning tashkiliy shakli

bírka би́рка ot rus

yorliq, narsalarga narxi yoki ishlab chiqargan korxonasi yozib qo'yilgan taxtacha

Bosh so'zdagi aksent belgisi (masalan, a'ló) urg'uli bo'g'inni ko'rsatadi.

← Oldingi Keyingi → 48-sahifa