Lug'atlar 📚

Imlo lug'ati — 35312 so'z · O'zlashma so'zlar izohli lug'ati — 10994 so'z (ma'nosi, urg'usi, kelib chiqishi)

10994 ta natija

allergén аллергéн ot yunon

allergiya paydo qiluvchi modda

allergík аллерги́к sifat yunon

allergiyaga oid, allergiya tufayli yuzaga kelgan

allergíya аллeрги́я ot yunon

organizmning atrof muhitda uchraydigan, allergenlar deb ataluvchi ba'zi omillar ta'siriga nisbatan o'ta sezgir bo'lishi

allergológiya аллерголóгия ot yunon

tibbiyotning allergik kasalliklarning yuzaga kelish sabablari, rivojlanish mexanizmi va ularni davolash usullari bilan shug'ullanuvchi bo'limi

alligátor аллигáтор ot ispan

timsohlar turkumiga kiruvchi sudralib yuruvchilar oilasi

alliterátsiya аллитерáция ot lotin

ad. misralar, undagi so'zlar boshida bir xil undosh tovushlarning takror qo'llanishi, saj'

alló аллó undov so'z ingliz

telefon orqali so'zlashganda, “eshitayapman” yoki “eshitayapsizmi” degan ma'nolarda qo'llanadi

allóf аллóф ot arab

un, bug'doy savdosi bilan shug'ullanuvchi savdogar

Allóh Аллóҳ ot arab

islom dinida butun mavjudotni yaratgan oliy ilohiy kuch; Xudoning nomi, Alloh

allomá алломá ot arab

ilm-fanning bir yoki bir necha sohasini mukammal egallagan shaxs; qomusiy olim

almanáx алманáх ot lotin

turli mualliflarning janr, mavzu va boshqa belgilar asosida birlashtirilgan badiiy asarlari to'plami

almisóq алмисóқ ravish arab

juda qadimdan beri, buyon

aló алó ot arab

ustiga, nur(an) alo nur (nur ustiga nur)

alóe алóэ ot yunon

piyozdoshlar yoki loladoshlar oilasiga mansub, sersuv va etdor bargli tropik va subtropik o'simlik; sabur

alohál алоҳáл ravish arab

hozir, shu damda, axiri, nihoyat

alóhida алóҳида ravish arab

ajratilgan, bo'lak, boshqalardan holi, ayrim

alomát аломáт ot arab

belgi, shartli ravishda qabul qilingan yoki qo'yilgan belgi, ishora

aloqá алоқá ot arab

turli vositalar yordamida axborotlarni uzatish va qabul qilish

aloqadrihól алоқадриҳóл ravish arab

kuchi, qurbi yetganicha, qo'ldan kelgancha, holiga yarasha

alpiníst альпини́ст ot fransuz

alpinizm bilan shug'ullanuvchi kishi

alqissá алқиссá ot arab

shunday qilib, xullas kalom; qisqasi, xullas

alternatíva альтернати́ва ot fransuz

bir-birini inkor etuvchi imkoniyatlardan birini tanlash; muqobillik

altimétr альтимéтр ot lotin

uchish apparatlarining yerdan balandligini o'lchovchi asbob; balandlik o'lchagich

alvidó алвидó ot arab

abadiy xayrlashuv, vidolashuvni bildiradi

alvón алвóн sifat arab

qizil tusli, qip-qizil, qirmizi

alyáns алья́нс ot fransuz

ittifoq, birlashma

alyumíniy алюми́ний ot yunon

Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub, yengil, kumushrang-oq kimyoviy element

amakí амаки́ ot fors

otaning akasi yoki ukasi (jiyanga nisbatan)

amál амáл ot arab

ish, harakat, ilm, nazariya, fikr va sh.k.ning hayotiy reallashuvi

amaldór амалдóр ot arab+fors

mansabdor, mansab-amal egasi, lavozimli shaxs

Bosh so'zdagi aksent belgisi (masalan, a'ló) urg'uli bo'g'inni ko'rsatadi.

← Oldingi Keyingi → 9-sahifa